Kontentni to'liq korish huquqiga ega bo'lish uchun ro'yxatdan o'ting

banner
logo

Bahodir Yalangto'sh

Film XVII asrda yashab o'tgan Samarqand amiri, buyuk sarkarda, Registon maydoni bunyodkori Bahodir Yalangto'sh haqida.

banner
logo

Uch qahramon

"Uch qahramon" - bu uch nafar ichki ishlar xodimlari va ularning o‘z faoliyatlari davomida jinoyatchilikka qarshi kurashi haqida hikoya qiluvchi o‘tkir syujetli drama janridagi badiiy film. Umumiy maqsad bilan birlashgan qaxramonlar, o‘z yo‘llarida duch keladigan xavf va qiyinchiliklarga qaramay, adolatga intilishadi. Voqealik davomida, qahramonlarimizning izlanishlari, ularni, davlat to‘ntarilishini rejalashtirayotgan jinoiy guruh bilan to‘qnashuvga olib keladi. Jinoyatchilarning yovuz rejalari natijasida yuzaga kelishi mumkun bo‘lgan xaos va vayronagarchilikning oldini olish maqsadida, film bosh qahramonlari o‘z kuchlarini birlashtirib, to‘siqlarni yengib o‘tishlari va hayotlarini xavf ostiga qo‘yishlari kerak bo‘ladi. Ushbu film nafaqat qahramonlarning jasorati va sadoqatini, balki korruptsiya va jinoyatchilik tobora keskinlashib borayotgan dunyoda do‘stlik, sadoqat va haqiqiy qadriyatlar uchun kurashish naqadar muhim ekanligi mavzusini ham o‘rganadi.

banner
logo

Yengilmas: Tokioga yo'l

Film o‘zbek boksini butun dunyoga tanitgan, Olimpiada va nufuzli xalqaro turnirlarda bayrog‘imizni qayta-qayta baland ko‘tarib, dunyoning eng zo‘ri bo‘la olishimizni isbotlagan mard yosh sportchilarimiz va ularning fidoyi murabbiylariga bag‘ishlangan. Filmda sportchilarimizni g‘alaba sari yetaklagan barcha mashaqqatli yo‘l ko‘rsatiladi. G‘oliblik – mard va irodali insonlarning taqdiri. Sportchilarimiz va ularning murabbiylari har qanday qiyinchilik, mashaqqat, intrigalarga qaramay, o‘z g‘alabasi sari borgan insonlardir. Bu nafaqat ringda, balki undan tashqarida ham – adolat, haqiqat, sha’ni va qadr-qimmati g‘alabasi, Vatan, O‘zbekiston uchun kurash!

banner
logo

Pandemiya: Covid-19

Film dunyoni ilojsiz holga tushurgan va butun insoniyatni o'lim bilan yuzlashtirgan balo, karonavirus balosi davrida unga qarshi tura olgan fidoiy insonlar, shifokorlarning mashaqqatli mehnatini o'zida namoyon qiladi.

banner
logo

Tog‘u toshlar orasida yolg‘iz yashovchi Adolat ismli ayolning kutilmaganda 10 yoshli o‘g‘li tik - tok platformasida xavfli chellenjni takrorlayman deb vafot etdi. Ayolning arizasi bo‘yicha bolasining o‘limiga sababchi bo‘lgan Jeso islimi tik tokerga hech qanday jinoiy ish ochilmadi. Ayol o‘g‘lini o‘limida aybdor qidirib shaharga otlanadi va eng nomdor tik tok houselarning biridan Jesoni topadi. Adolat Jesodan qasd olmoqchi bo‘lgan paytda vaziyat umuman teskari tarafga o‘zgaradi.

banner
logo

Inson hayotining to’kinligi kasb bilan. U maqsadi sari kasb orqaligina tezroq yetishi mumkin. Kasbga esa eng muhimi sadoqat va ishonch kerak.

Oltin fond filmlari
Animatsion filmlar oltin fondi